Berluskoni hakamlikdan nolidi

Mirjalol Normatov
27 avg 2022
"Monca" prezidenti Silvio Berluskoni A Seriya 3-turi doirasida "Udineze"ga qarshi o'yindan keyin hakamlikdan nolidi.

"Omadsiz o'yin. "Udineze" 12 kishi bo'lib o'ynadi, hakam ham ularning tomonida bo'ldi. U doim raqiblarimiz foydasiga qaror chiqardi va bahsli holatlarda "Monca" zarariga xushtak chalaverdi. Bu janjalga aylanishi kerak edi. "Udineze"ning g'alaba goli esa offsayd sababli inobatga olinmasligi kerak edi", - dedi Berluskoni.

"Monca" hozircha mavsumda biror ochko qo'lga kiritgani yo'q.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Italia