Bert van Marveyk: "Gamburg" butun jamoa bo'lib himoyalanadi"

Tolibjon Qosimov
27 sen 2013
"Gamburg"ning yangi bosh murabbiyi Bert van Marveyk birinchi navbatda himoyaga e'tibor qilishini ma'lum qildi.
– Biz butun jamoa bo'lib himoyalanishimiz kerak, – deydi van Marveyk Kicker nashriga. – O'yinni tashkil etish birinchi o'rinda bo'ladi. Yigitlar men nima istayotganimni tushunishdi. Asosiysi barcha mehnat nima uchun qilinayotganini tushunib olish. Har bir o'yinda g'olib chiqishni istayman, shogirdlarim ham xuddi shunday fikr bilan o'yinga chiqishlari lozim.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sport-express.ru