"Beshiktosh" Pyanichni "Barselona"ga qaytarib yubormoqchi

Mirjalol Normatov
9 dek 2021
"Beshiktosh"dagilar yarim himoyachi Miralem Pyanichning jismoniy holatidan mamnun emas.

Shu sababli turk klubi 31 yoshli futbolchining ijarasini muddatidan oldin yakunlamoqchi. Bosniyalik xavbek qishda jamoasiga qaytishi kutilmoqda.

"Beshiktosh" yarim himoyachini sentyabr boshida ijaraga olgandi. U turk klubi tarkibida 11 o'yinda 4 assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal