Beyl bu mavsum Uels tarkibida 5 ta, "Real"da esa 1 ta gol urdi

Omonjon To`xtamirzayev
25 mar 2022
Uels terma jamoasi sardori Garet Beyl JCH-2022 saralashi doirasidagi bahsda Avstriya darvozasini ikki bor ishg'ol etdi.

O'zining birinchi golini Garet 25-daqiqada jarima zarbasidan urgan bo'lsa, 51-daqiqada u Xaync Lindner qo'riqlayotgan darvozani ikkinchi bor aniq nishonga oldi. 

Ushbu mavsum 32 yoshli futbolchi terma jamoa safida 5 ta gol urishga ulgurdi – sentyabr oyida Belarus bilan bahsda xet-trik qayd etgandi.

Qiziq tomoni, "Real" tarkibida Beyl bor yo'g'i 1 ta gol urgan – 22 avgust kuni "Levante" bilan o'yinda (3:3).


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia