Bikmaev qaytdi, rossiyalik legioner ham shu erda. "Lokomotiv"ning yomg'ir ostidagi quvnoq mashg'ulotidan galereya

Iskandarov Abdulaziz
6 jan 2023
Bu yil Pro ligada qatnashadigan "Lokomotiv" bugundan TTYMI stadionida mashg'ulotlarga qaytdi.

Denis Korostichenko boshchilik qilgan bugungi mashg'ulotlar noqulay ob-havo sharoitiga qaramay ko'tarinki ruhda kechdi. Bosh murabbiy Mirko Yelichich ertaga tatildan qaytadi va ishga kirishadi. Shime Jujul, Boyan Naydenov ham shu kunlarda kelib qo'shilishi rejalashtirilgan. Jami 21 nafar futbolchi ishtirok etdi.  Klub bilan rasman shartnoma imzolaganlardan Ivan Solovyov va Marat Bikmaev shug'ullandi. Oleg Zoteev hozircha sport formasini ushlab turish maqsadida "temiryo'lchilar" bilan birga bo'lib turibdi. 

"Lokomotiv"ning Toshkentdagi yig'ini 19 yanvar sanasigacha davom etadi. 20 yanvardan mashg'ulotlar Turkiyaning Antaliya shahriga ko'chadi. U erda bir qator xorij jamoalari bilan o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazish rejalashtirilgan. Raqiblar haqida quyidagi havolada o'qishingiz mumkin.


"Lokomotiv" Turkiyada qaysi jamoalarga qarshi o'ynaydi?



FOTO: Jahongir Fayzullaev

Qolgan suratlarni saytimizning maxsus bo'limida tomosha qilishingiz mumkin >>>>>>>>> GALEREYA


Iskandarov AbdulazizMaqola muallifi
Muqova: championat.asia

Izohlar

Billy Erkonoff
8 jan 2023
Lokoga omad!
Хакикатгуй
6 jan 2023
Тешик дарвозабонидан кутулмабди. Кайга кетарди локо килган хатони кимга керак хамма куриб билиб турибди дарвозабон тоталчи Махарадзе эмас. Махарадзесиз хам амма ютказди. Махарадзе пайтида хеч булмаса дурранг бор эди. Абдужалиловни йук килмас экан пролигада туронга ухшаб кийинчилик билан чикади минг химоя ярим химоя хужум зур булса хам. Туронда хам дарвозабон муаммоси бор хди. Бу йил хал килишди