​Bilich O'zbekistonda emas, sobiq jamoasida ish boshlashi mumkin

Sherzod Nurmatov
18 sen 2025
"Vest Xem" bosh murabbiyi Grem Potter o'z lavozimini tark etishi mumkin, deya xabar berdi jurnalist Ben Jeykobs.

Manbaga ko'ra, uning o'rniga 2015 yildan 2017 yilgacha "bolg'achilar"ni boshqargan Slaven Bilich davogar.

Klub xo'jayini Devid Sallivan xorvatiyalikning qaytishini maqul ko'rmoqda. Shuningdek, Nunu Eshpiritu Santu va Shon Daych nomzodlari muhokama qilinmoqda.

To'rtta o'yindan so'ng "Vest Xem" APL turnir jadvalida 18-o'rinni egallab turibdi.

Avvalroq O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi Slaven Bilich bilan muzokaralarni boshlagani ma'lum bo'lgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: x.com/JacobsBen