"Bir o'yinning bahosi". Superligada qaysi hakam qancha ishladi?

Futbol bahori qizg'in muhokamalarga sabab bo'lmoqda. Ayniqsa, hakamlik mavzusi...

Futboldagi korrupsiyada hakamlarning ishtiroki haqida gap ketsa, ko'pincha ularning maoshi kamligi ro'kach qilib ko'rsatiladi. Xo'sh, aslida ham shundaymi?

Xayrulla Xoliqov 24 fevral kuni “Yangi reglamentdagi yangiliklar” haqida yoza turib, 2021 yilgi musobaqalar uchun referilarning ish haqi qanchaligi to'g'risida ma'lumot ko'rsatilmaganini aytgandi. Bugun shunga oydinlik kiritishga qaror qildik.

“Championat.asia” ma'lumotlariga ko'ra, hakamlarga 1 o'yin uchun to'lanadigan mehnat haqi miqdori joriy yilda o'tgan mavsumga nisbatan ko'tarilgan. 2020 yilgi holat bo'yicha bosh hakamlarga bitta o'yin uchun 3 mln so'm to'lanar edi (Superliga o'yinlariga). 2021 yilda bu ko'rsatkich 3,5 mln.ga balandlagan.

Lekin, hakamlar har doim ham uchrashuvlarga tayinlanaverishmaydi. Masalan, Superliganing joriy mavsumiga to'xtalamiz. Chempionatning 3 ta turi ortda qoldi. Bu har turda 7 tadan, umumiy 21 ta o'yin degani. Mazkur bahslarda o'zbek hakamlaridan 11 nafari bosh hakam sifatida ishladi. Faqatgina Ilgiz Tantashev uchchala turning barchasida ishlashga muvaffaq bo'lgan. Demak, buxorolik 36 yoshli hakam 10-18 mart oralig'ida boshqargan 3 o'yini orqali 10 million 500 ming so'm ishlab topgan.

Bazilar ikkitadan, bazilar esa faqat bir o'yinni boshqarib borgan bo'lsa, ayrim hakamlar yangi mavsumda hozircha debyut qilishgani yo'q. Superliganing dastlabki turlarida ishlagan bosh hakamlar ro'yxati bilan quyidagi jadvalda tanishishingiz mumkin.

Hakam
o'yin
Ilgiz Tantashev
3
Axrol Risqullaev
2
Zokir Qodirov
2
Vadim Agishev
2
Akobir Shukrullaev
2
Firdavs Norsafarov
2
Rustam Lutfulin
2
Shavkat Nasibullaev
2
Raximbek Karimov
2
Viktor Serazitdinov
1
Elyor Tursunov
1


Shuningdek, laynsmenlar, zahira hamda VARda ishlaydigan hakamlarning ish haqi bosh hakamnikiga nisbatan kamroq bo'ladi...

Qadrli muxlis, yuqorida ma'lumotlar bilan tanishdingiz. Nima deb o'ylaysiz, referilarga to'lanayotgan summa ularning qaror chiqarishda beg'araz bo'lishlari, tashqi ta’sirlarga berilmasliklari uchun etarlimi?


Manba: championat.asia