Bir yo'la uch britan klubi "Liverpul" xavbeki uchun davogarlik qilmoqda

Alisher
29 avg 2020
"Liverpul" yarim himoyachisi Xerbi Keyn yozgi transferlar oynasida klubni tark etishi mumkin.

Xabarlarga ko'ra, 21 yoshli angliyalik futbolchiga "Xall", "Suonsi" va "Reyjers" klublari qiziqish bildirmoqda.

Mersisaydliklar esa o'z xavbeklarini 2021 yilning yoziga qadar ijaraga berib yuborishga tayyor bo'lib turishibdi.

Keyn yakunlangan mavsumni "Xall" safida ijara o'tkazdi va 7ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: Football Insider