Blatter futboldan chetlatilganiga qaramay, FIFAdan maosh olishda davom etyapti

Aslanov Jasurbek
19 yanv 2016
Xalqaro futbol federatsiyasining sakkizinchi prezidenti Yozef Blatter futboldan chetlatilganiga qaramay FIFAdan maoshini olishda davom etmoqda.

"Tashkilot yangi prezidenti saylovigacha (26 fevral) janob Blatter FIFA prezidenti nomini saqlab qoladi. U saylovlargacha shartnomada ko'rsatilgan mablag'ni olishga haqqi bor" - deydi FIFA tartib-intizom qo'mitasi surishtiruv palatasining matbuot-kotibi Andreas Bantel.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Reuters