Bobir Abdixoliqov va Jasur Jaloliddinov "Sumqayit"ni tark etishdi

Aslanov Jasurbek
25 iyun 2025
"Sumqayit" o'zbekistonlik futbolchilar bilan xayrlashdi.

Ozarbayjon klubi matbuot xizmati Jasur Jaloliddinov va Bobir Abdixoliqovlar bilan shartnoma yakunlangani tufayli xayrlashganini e'lon qildi.

"Sumqayit" o'zbekistonlik futbolchilar bilan yakunlangan mavsumda 36 ta o'yinda 33 ochko to'plab, 10 ta jamoa ichida 8-o'rinni band qildi.

Bobir Abdixoliqov 14 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 3 ta golli pas berdi. Jasur Jaloliddinov esa 18 ta bahsda 1 ta golli pas bilan mavsumni yakunladi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Сумқайит матбуот хизмати