Bobur Zuhriddinov: “Bunyodkor” klass borasida ustunligi yaqqol sezildi”

Narzulla Saydullayev
23 apr 2016
“Obod” – “Bunyodkor” (0:4) uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanida mezbonlar ustozi Bobur Zuhriddinov qatnashdi.

Bobur ZUHRIDDINOV (“Obod” murabbiyi): - Qanday o'yin bo'lganini ko'rdinglar. Biror bir rejamiz ish bermadi. “Bunyodkor” klass borasida ustunligi yaqqol sezildi. Zamonaviy futbolda standart vaziyat asosiy planga chiqdi. O'tkazib yuborilgan ikki golda standart vaziyatda yutqazdik. Yigitlar qandaydir soniyalarga koncentraciyani yo'qotishdi. Qolaversa, o'sha paytda raqib a'zolarining bo'yi balandligi qo'l keldi.

- Bugungi o'yin bizga “dars” bo'ladi. Navbatdagi uchrashuvlarga qadar futbolchilarning jismoniy holatini yaxshilash borasida ham ish olib boramiz. Sababi, yigitlar ayrim holatlarda charchab qolishgani ko'rinib qolyapti. Bizda ishtiyoq kuchli, biroq faqat ishtiyoq bilan ko'p narsaga erishib bo'lmasligi ko'rinib turibdi.  


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia