Boguslav Baniak: "Turon" hali Pro-ligaga tushib ketmadi..."

Narzulla Saydullayev
19 may 2021
Coca-Cola Superliganing 9-turidan o'rin olgan "Surxon" - "Turon" (1:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Boguslav Baniak o'z fikrlarini bildirib o'tdi.




O'yin haqida

- Bu mening bosh murabbiyligimdagi birinchi o'yin. Birdaniga o'yinda murabbiyning imzosi ko'rinishi qiyin. "Surxon" klubini va muxlislarini g'alaba bilan tabriklayman. Birinchi bo'limda yaxshi o'ynadik deb aytishim qiyin. Quyosh va havo haroratining yuqoriligi yigitlarga o'z o'yinlarini to'la namoyish etishlariga qarshilik ko'rsatdi. Menda birinchi bo'limdagi o'yin uchun jamoa futbolchilariga ko'plab etirozlar bor. Men O'zbekistonda birinchi bor ishlashim, sekin-asta bu yurtdagi futbolni o'rganib borayapman. O'yinni video yozuvlar orqali ko'rib chiqib tahlil qilamiz.

"Turon" debyutant jamoa, u o'z tarixida ilk bor Superligada ishtirok etayapti. Biz oxirigacha kurashamiz, hali quyi ligaga tushib ketganimiz yo'q. Imkoniyatimiz bormi, oxirigacha kurashamiz.

Bir vaziyatda hakam bizning foydamizga penalti belgilamadi. O'sha xolatda bizga hujumchimizga nisbatan qo'pollik ishlatilgandek ko'rindi.

- Sizning "Turon" safiga kelib qo'shilishingiz qanday yuz berdi?

- Biz klub rahbariyati bilan kelishgan xolda akademiya faoliyatini yo'lga qo'yish borasida ishlab tajriba almashmoqchi edik. Jamoada yosh mutaxassis bosh murabbiy edi. Islombek Ismoilov, yaxshi murabbiy. Keyinchalik rahbariyat taklifiga ko'ra jamoa ishtirokidagi o'yinlarni tahlil qilishga ko'maklashdim. O'tgan o'yin yakunida bosh murabbiy istefoga chiqarilgach, rahbariyat menga taklif bildirdi, ishlayapmiz.

O'zim Polsha davlati fuqarosiman. Faoliyatim davomida Burkina Faso terma jamoasida yoshlar bilan 3 yil ishladim. Jasur Yaxshibov? U yigit haqida bilaman, ayni vaqtda Polsha chempionatida o'ynayotganidan xabarim bor.

Takror aytaman, "Turon" hali PRO-Ligaga tushib ketmadi. Bizda imkoniyat bormi, oxirigacha kurashamiz. Futbolchilarni to'p bilan ishlash mahoratini kuchaytirishimiz zarur.


Narzulla SaydullayevMaqola muallifi
Muqova: championat.asia

Izohlar

Man untd....
20 may 2021
Иккинчи даврани ярмига борганда Эшиддикда Турон клуби суперлигада ўйинларини давом этимролмасакан деган янгилик чиқса ажабланмайман.
Adhamjon 40 C123 MA
20 may 2021
Turon debyudant jamoa bosayam barcha raqiblarga munosib qarshilik korsatyapti. Paxtakor bilan nechiya oynasham xamma komandagamas. Qoqon1912 muxlisi.
Ikromjonov Bahromjon
19 may 2021
Таркибни хам бииир куриб чикиш керакмикана !!!янги мурабий
TuRoNYaYpAn777
19 may 2021
Bu oyini busa tuship ketishi aniq sen murabiy emas ekansan tezda Turondan sur
TuRoNYaYpAn777
19 may 2021
Dalbayob bolaringa etip qoy futboldi yurip oynamidi yuguribam turish kerak birorta aniq pas yoq oyin 0000