"Boka Xuniors" Argentina Superklassikosida "River Pleyt"ni mag'lubiyatga uchratdi – MYU sobiq himoyachisi raqibni mayib qilishiga oz qoldi

Sherzod Nurmatov
12 sep 2022
Argentinada "FourFourTwo" portali tomonidan dunyoning eng murosasiz qarama-qarshiligi, deya etirof qilingan "Buenos-Ayres derbisi" bo'lib o'tdi.

Unda "Boka Xuniors" va "River Pleyt" jamoalari uchrashdi. Uchrashuv taqdirini ikkinchi bo'lim o'rtalarida urilgan yagona gol hal qildi – Benedetto burchakdan oshirilgan to'pni boshi bilan darvozaning chap burchagiga yo'naltirdi.

Argentina. Primera. 18-tur

"Boka Xuniors" – "River Pleyt" 1:0

Gol: Benedetto 65'

Chetlatish: Roxo (90+7) ("Boka Xuniors")

Hakam futbolchilarning qo'polligini sariq kartochka bilan jazolab bordi va ularning soni o'n bittaga etdi. "Manchester Yunayted" sobiq himoyachisi Markos Roxo qo'shim berilgan daqiqalarda Nikolas de la Krusning boshiga oyog'i bilan sakrab, uni mayib qilib qo'yishiga sal qoldi.

Qizig'i, bu g'alaba "Boka"ning qarama-qarshiliklar tarixidagi 91-g'alabasi bo'ldi. Klublar 83 marta durang o'ynagan, yana 84 marta esa "River Pleyt" g'alaba qozongan.

Argentinaning joriy chempionatida "Boka Xuniors" 8 ta o'yindan beri mag'lub bo'lmayapti (6 ta g'alaba, 2 ta durang) va 32 ochko bilan turnir jadvalida to'rtinchi o'rinda bormoqda. "River Pleyt" esa 7 o'yindan iborat mag'lubiyatsiz seriyasini yakunladi va 29 ochko bilan ettinchi o'rinni egallab turibdi.


Sherzod NurmatovMaqola muallifi
Qopqoq: championat.asia

Izohlar

Abduna Abdu
12 sep 2022
BIR PAYTLAR BIZDAGI UZCLASSIKO SINGARI PAXTAKOR-NEFTCHI
skromno_98
12 sep 2022
O'sha kadrni hali ham qidiryapman)))
MezzA
12 sep 2022
Benidento qachon qayti Bokaga ???? Marselda yurgandi shekli
Umidjon Barsa
12 sep 2022
Rasm qaniiiii
Sukhroboff_
12 sep 2022
O’zi hamma rasmni ko’rgani kirgandi..