Bolalar futboli. Toshkentda "Hamdo'stlik kubogi-2019" xalqaro turniri start oldi

Aziz Tukhtamuradov
2 nov 2019
Bugun "Bunyodkor" akademiyasi maydonida 2006 yilda tavallud topgan bolalar o'rtasida "Hamdo'stlik kubogi-2019" xalqaro turniri boshlandi.

O'FA, TFA va "Spartak Toshkent" jamoalari hamkorligida o'tkazilayotgan musobaqada 8 ta jamoa ishtirok etmoqda. 

"A" guruhi: "Odil Ahmedov FA" (terma), "Jas Kiran" (Olmata), "Paxtakor" (Toshkent), Akademiya YUG (Bishkek)

"B" guruhi: "Spartak" (Toshkent), FSHM (Olmata), "Bunyodkor" (Toshkent), "Olg'a" (Bishkek).

Bugun musobaqa doirasida to'rtta o'yin bo'lib o'tdi. Unda quyidagi natijalar qayd etildi:

"Spartak" - FSHM 1:1

"Jas Kiran" - "Paxtakor" 0:0

"Odil Ahmedov FA" - Akademiya YUG 5:1

"Olg'a" - "Bunyodkor" 0:16

Bellashuvlar 7 noyabrga qadar davom etadi.

Etiboringizga musobaqadan olingan suratlarni taqdim etamiz:



Aziz TukhtamuradovMaqola muallifi
Muqova: championat.asia

Izohlar