Boliviyada jamoa kerakli natijani saqlab qolish uchun, o'yin tugamay, maydondan chiqib ketdi

Omonjon To`xtamirzayev
24 dec 2024
Mamlakat oliy ligasiga yo'llanma uchun kurash chinakamiga murosasiz kechdi.

"Royal Pari" dastlabki o'yinda "Real Oruro"ni 4:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi, javob bahsida, safarda 0:3 hisobida ortda qolayotgandi. Qo'shimchasiga, so'nggi daqiqalarda mehmonlar darvozasiga penalti belgilanadi.

Aynan shu pallada mag'lub bo'layotgan jamoa bosh murabbiyi hakamlikdan noroziligini ko'rsatish maqsadida futbolchilarini maydondan olib chiqib ketadi. Bu erda aslida maqsad umumiy 4:3 hisobidagi kerakli natijani saqlab qolish bo'lganini ortiqcha izohlash shart bo'lmasa kerak. Vaziyatga hattoki policiya xodimlari ham aralashadi, ammo ular ham futbolchilarni o'yinni davom ettirishga "ko'ndira olmaydi".

Natijada, Futbol federaciyasi vakillari Tartib-intizom kodeksiga binoan, klub jazolanishi, yuqori divizionga esa "‎Real Oruro" yo'l olishini malum qilishadi‎. Bundan xabar topgan mehmonlar maydonga qaytishadi, lekin endi kech bo'lgandi. Bu pallada tugamagan o'yinni yakunlagan hakamlar brigadasi 20 nafar policiyachi hamrohligida maydonni tark etayotgan edi.

Mana shunaqa gaplar, Boliyavidagilar Indoneziyadagilardan nima kamimiz bor, deyishgan ko'rinadi. 


Omonjon To`xtamirzayevMaqola muallifi
Muqova: championat.asia

Izohlar

Salamat Kamalov QMU studenti
24 dec 2024
Oyindi aqirina jetkermey qorqaqliq qilip maydannan shig'ip ketkeni ushin jazasin alipti.
Turabek Sh
24 dec 2024
Бахрейн ужин эсимга тушиб кетди 1 туп фаркига Рози булмай зато килгандик Иорданияга кейингисида хатто галаба козонишга логика уйномаганмиз
TEMUR
25 dec 2024
balkim penaltini qaytararmidi
TEMUR
25 dec 2024
Paxtakor va Al-Vihdat oʻyinida ham shunday boʻlayotgan edi Toshkentdagi oʻyonda Vihdat oʻyinchilarni zoʻrgʻa maydonga qaytarishgandi