Boruc "Sautgempton"ni tark etadi

Omonjon To`xtamirzayev
22 avg 2014
"Sautgempton" bosh murabbiyi Ronald Kumanning tasdiqlashicha, Freyzer Forster xarididan so'ng jamoa darvozaboni Artur Boruc transferga qo'yiladi. Polshalik darvozabon ham jamoani tark etmoqchi.

"Hozir Boruc mashg'ulotlarda doimgidek ishtirok etmoqda. Men u bilan gaplashdim va darvozabon ketmoqchiligini aytdi. Bu normal holat. Transfer yopilguniga qadar u jamoamizda bo'lmaydi. Agar ketmasa, vaziyat o'zgaradi va biz hammasini hal qilib olamiz. Men hafa emasman, uni tushunaman, Boruc Polsha terma jamoasida o'ynamoqchi. Buning uchun unga o'yin amaliyoti kerak bo'ladi" - deydi Kuman.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: sport-express.ru