"Borussiya"ning 35 yoshli sobiq futbolchisi klub bosh murabbiyiga aylanadi

Оқил Абдубарноев
13 jun 2024
U Edin Terzich o'rnini egallaydi.

Edin Terzich murabbiylar shtabida bo'lgan "Borussiya Dortmund"ning sobiq yarim himoyachisi Nuri Shahin bosh murabbiy lavozimini egallaydi.

Kelishuvning yakuniy tafsilotlari hozircha muhokama qilinmoqda.

Avvalroq Terzich "Borussiya" bosh murabbiyligidan istefoga chiqqan edi.

35 yoshli Shahin 2021 yildan 2023 yilgacha Turkiyaning "Antalyaspor" klubi bosh murabbiyi sifatida ishlagan.


Оқил АбдубарноевMaqola muallifi
Muqova: Sky Sport Deutschland

Izohlar

Soccer(uz)
13 jun 2024
Shaxin yaxshi murabbiy bo'ladi o'ylashimcha,talantli futbolchi edi...