Braziliya - Fransiya uchrashuvini o'zbekistonlik hakam boshqaradi
Narzulla Saydullayev
2 iyul 2019
Shu yilning 2-23 iyul kunlari Italiyaning Neapol shahrida talabalar o'rtasida butunjahon yozgi Universiadasi bo'lib o'tadi.
O'zbekistonlik FIFA hakami Sherzod Qosimov mazkur musobaqada ishlaydi.
5 iyul kuni guruh bosqichi doirasidagi Braziliya - Fransiya uchrashuvini aynan Qosimov boshqarib boradi. Ayni paytda hamyurtimiz Neapol shahrida bo'lib turibdi.