Braziliya murabbiyi Endrik haqida: "Shu ruhda davom etsa Braziliya va jahon futbolining muhim o'yinchisiga aylanadi"

Alisher
24 mar 2024
Dorival Junior Endrik haqida gapirdi.

Braziliya terma jamoasi forvardi Angliya (1:0)ga qarshi o'rtoqlik o'yinida gol urdi.

"Vaqt bu yigitning kim bo'lishini ko'rsatadi. Agar u shu ruhda davom etsa Braziliya va jahon futbolining juda muhim o'yinchisi bo'lishiga ishonaman.

U yosh o'yinchilarga xos bo'lmagan mahoratga egaligi bilan ajralib turadi. Umid qilamanki, u yomon tarafga o'zgarmaydi", – dedi Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi.


AlisherMaqola muallifi
Muqova: Esporte

Izohlar