Breaking! Klopp murabbiylikka "Real" ustozi sifatida qaytishi mumkin

Sherzod Nurmatov
31 mar 2025
Germaniyalik mutaxassis Yurgen Klopp murabbiylik faoliyatini qayta boshlash ehtimoli bor.

"TBR Football"ning xabar berishicha, "Liverpul" sobiq bosh murabbiyi "Real"ni boshqarish ehtimoli mavjud. "Qirollik klubi"dagilar Kloppni Karlo Anchelottining eng munosib vorisi deb hisoblamoqda, chunki germaniyalik murabbiy yulduz o'yinchilar bilan ishlash va yoshlarni rivojlantirish borasida katta tajribaga ega. Biroq Klopp qaror qabul qilishga shoshilmayapti.

Shuningdek, u Braziliya va AQSH terma jamoalarini boshqarishi mumkinligi aytilmoqda.

Klopp 2015 yildan 2024 yilgacha "Liverpul"da faoliyat olib borgan. U 2025 yil 1 yanvardan beri "Red Bull" futbol tarmog'ining global rahbari lavozimida ishlab kelmoqda.


Sherzod NurmatovMaqola muallifi
Qopqoq: TBR Football

Izohlar

Bratello
31 mar
Котта эхтимол билан Реал га бормайди, лекин агар мободога борсаям, унинг жамоаси Енгилмас булиши аник
Americano Vespucci
31 mar
Klopp Realga, Guardiola Barcaga, ana shunda La Liga yanada qiziqarli bulardi menimcha
Odilbek Abdushukurov
31 mar
Zo‘r bo‘lardi lekin, Klopp varianti.
Husniddin_LFC
31 mar
Umid qilamanki u xech qachon Realni boshqarmaydi
FAQAT OLG'A
31 mar
Real bilan falsafasi bir hil emas Real Chelsi Yuventus Psj Bavariyalar dangasa klublar ular ko‘p tayyor yulduzlarga tayanadi