Breaking! Koreya Respublikasi ham 2031 yilgi Osiyo Kubogiga mezbonlik qilmoqchi

Sherzod Nurmatov
28 feb 2025
Koreya futbol associaciyasi (KFA) 2031 yilda Osiyo Kubogiga mezbonlik qilish niyatida ekanligini malum qildi.

Koreya tomonining malum qilishicha, ular payshanba kuni OFKga ariza yuborgan. 

Malumot uchun, arizalarni qabul qilishning oxirgi muddati juma edi. 

Mamlakat Osiyo Kubogini oxirgi marta 1960 yilda, so'nggi chempionligini nishonlagan paytda o'zida o'tkazgan. 

Xabaringiz bor, Osiyo Kubogi-2031 musobaqasini O'zbekiston, Tojikiston va Qirg'iz Respublikasi birgalikda o'tkazish niyatida. Shuningdek, Avstraliya, Birlashgan Arab Amirliklari, Kuvayt va Indoneziya ham o'z arizalarini OFKga taqdim etgan.


Sherzod NurmatovMaqola muallifi
Muqova: en.yna.co.kr

Izohlar

From Earth
28 feb
Мезбон давлат номи қачон эълон қилинади?
Abdusalom Mirzayev
28 feb
Ухладикми?, Ёшлар ва гўдаклар бўйича Осиё чемпионатини олмаслик керак.
International
28 feb
Korea, Australia va UAE jiddiy raqiblar, hammasida infrastructure zo'r, katta musobaqalarni o'tkazish bo'yicha tajribayam bor. Australia 2015, UAE 2019 yil Asian cup mezboni bo'lganligi ozgina bizni foydamizga, lekin Koreani yutish ancha qiyin bo'ladi. Bizni varianti jozibadorligi yangi mintaqa va futbolni ommalashtirish, lekin tajriba va infrastructure yo'q. AFC risk qilishni xohlamasa Koreaga bervoradi, agar ommalashtirishni ustun qo'ysa bizga beradi.
Азаматбек N1
28 feb
Agar Koreya zayavka bergan busa bizanikilaga non yuq hisobi. Ularda infrastruktura daxwat darajada. Ilib ketib qoladi katta ehtimol
Bu shunchaki o'yin
28 feb
Koreyaga ketdi