Breaking News: Mirjalol Qosimov - AGMK bosh murabbiyi

Narzulla Saydullayev
22 dek 2018
O'zbekiston Kubogi sohibi AGMK jamoasini yangi mavsumda kim boshqarishi ma'lum bo'ldi.

Bizga yetib kelgan aniq ma'lumotlarga ko'ra, AGMK rahbariyati nihoyat Mirjalol Qosimov bilan kelishuvga erishishga muvaffaq bo'ldi.

Ko'p yillar davomida "Bunyodkor"da murabbiy sifatida toblangan Mirjalol Qo'shoqovichga Olmaliqda ham o'zining shtabida faoliyat ko'rsatib kelgan mutaxassislar ko'maklashishi mumkin. OCHL guruh bosqichiga chiqish vazifa qilib qo'yilayotgan klubga yaqin orada "Bunyodkor"ning aksar futbolchilari kelish ehtimoli yuqori. Undan tashqari klub rahbariyatida ham "Bunyodkor"ning ayrim vakillari ish boshlashi kutilmoqda.

"Bunyodkor" esa 2019 yil homiylar tomonidan moliyalashtirilishi ma'lum qilingan. Kuni kecha bo'lib o'tgan yangi yil bazmida ham klub homiylari 2018 yil jamoa uchun oson bo'lmaganligini ta'kidlab o'tgan holda, yangi yilda natijalarni yaxshilashga vada berishdi.

Eslatib o'tamiz, biroz avval AGMK bosh murabbiyi sifatida ishlab kelgan Baxtiyor Ashurmatov jamoadan rasman ketgani haqidagi ma'lumotni tasdiqlaganini xabar qilgandik.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia