

"Futbolchiga shunchaki o'ziga ishonishga o'rgatish kerak. U hujumchi va doim uning o'yinlaridan zavq olaman.
Futbolchilarga tezkorlik bilan hujumga o'tishni mashq qilyapmiz. Bunda Vardining tezligi muhim o'rin tutadi. Chunki Yevropada Vardidan yaxshiroq hujumchilar soni kam.
U darvoza oldiga yaqinlashsa, goldan boshqasini kutib bo'lmaydi. Unda ideal futbolchi xarakteri bor. Biz esa Yevropaning eng kuchli hujumchisidan to'g'ri foydalanishimiz kerak", - dedi murabbiy.



