Brunu Fernandesh: "Inesta nima uchun "Oltin to'p" olmaganini tushunmayman"

Tolibjon Qosimov
4 may 2020
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Brunu Fernandesh "Barselona" sobiq a'zosi Andres Inestaning o'yinlaridan zavq olganini tan oldi.

"Menga Inestaning o'yini yoqardi. Andres dunyoning eng yaxshi o'yinchilaridan biri bo'lgan. G'alati, u butun faoliyati davomida "Oltin to'p" olmagan. Uning qo'lga kiritgan yutuqlarini inobatga olsak, men uchun buni tushunish qiyin", - deya Fernandeshning so'zlarini keltirdi MYU rasmiy sayti.


Eslatib o'tamiz, Inesta "Oltin to'p"ni qo'lga kiritish uchun eng yaqin kelgan vaqt 2010 yil bo'lgan. O'shanda u uncha katta bo'lmagan farq bilan "Barselona"dagi jamoadoshi Lionel Messidan ortda qolgan va ikkinchi bo'lgan. 2012 yilda esa Messi va Ronaldudan so'ng uchinchi bo'lgan.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: manutd.com