Bu hikoya hali tugamadi (fotomaqola)

O'zbekiston mezbonlik qilgan katta turnir ortda qoldi.

Quyida Timur Kapadze boshchiligidagi yigitlarimizning musobaqadagi ishtirokiga nazar solamiz.

   Suratlar muallifi: Tolibjon Qosimov, Jahongir Fayzullaev

Olimpiyachilarimizning yakuniy tarkibi 28 may oqshomida elon qilindi. "Nijniy Novgorod" himoyachisi IbrohimHalil Yo'ldoshev kichik jarohati tufayli turnirni o'tkazib yuboradigan bo'ldi.

Osiyo Kubogining ochilish marosimi "Paxtakor" stadionida o'tkazildi.

Birinchi o'yinda Turkmaniston mag'lub qilindi.

Uchrashuv taqdirini "Neftchi" hujumchisi Ulug'bek Hoshimovning yagona goli hal qildi.

Yigitlarimiz 2-turda dastlabkisidan farqli ravishda gollar shousini uyushtirishdi.

Qatar darvozasiga javobsiz 6 ta gol urgan "oq bo'rilar" barchani jim bo'lishga majbur qilishdi.

O'zbekiston 2-turdayoq guruhda birinchi o'rinni naqd qildi.

Gollar bu marhum olimpiyachimiz Diyor Rahimqulovning xotirasiga bag'ishlandi.

3-tur Qarshida o'tdi. 

Mazkur bahsda kuch tejagan jamoamiz durang bilan kifoyalandi.

Bizni engolmagan forslar esa guruhda qolib ketdi.

Pley-offda bizni iroqliklar kutib turardi.

Chorak finaldan oldin Ibrohim Ibragimov ("Metallurg") safdan chiqqan bo'lsa...

... uchrashuv avvalidagi qo'pollik uchun Abduvohid Nematov ("Nasaf") ham turnir oxiriga qadar chetlatildi.

Shu kuni barchasi raqib foydasiga ishlayotgan edi. Biroq, bizning qorako'zlar iroda ko'rsatishdi.

Bir kishi kam bo'lib qolgan O'zbekiston Iroqni penaltilar seriyasida mag'lub qildi.

Jamoamiz yarim finalga muxlislarsiz yo'l oldi. OFK "Paxtakor"da "toshbo'ron" namoyish qilgan ishqibozlarni bir o'yinga chetlatdi.

Lekin chinakam ishqibozlar jamoamizni Yaponiya bilan o'yin chog'ida ham yolg'izlatib qo'yishmadi. "Bunyodkor" stadioni avtoturargohida o'rnatilgan monitor qarshisida 20 mingga yaqin muxlis to'plandi

Uchrashuv ham O'zbekiston foydasiga hal bo'ldi.

Jaloliddinov bilan Norchaevning gollari bizni finalga olib chiqdi.

Turnirning so'nggi bahsiga ham "Bunyodkor" mezbonlik qildi.

Afsuski, saudiyaliklarning tarkibi bizdan kattaroq, bizdan tajribaliroq va kuchliroq edi. Kubokka yaqin keldik, ammo zafar yana ularning tomonida bo'ldi.

Finalda yutqazib qo'ygan jamoani minglab muxlislar tik turgancha olqishlashdi. Chunki ular bilishadi. Bu hali boshlanishi. Bu murabbiy, bu futbolchilar o'zbek futboliga hali kattaroq sovrinlarni yutib berishadi. Millionlab yurtdoshlarimizni shunga ishontira olgan O'zbekiston olimpiya terma jamoasi va "Olimpik" klubi tarkibidagi barchaga tashakkur aytamiz.

Jasur Jaloliddinov mag'lubiyatdan keyin o'zbekligi bilan faxrlanishini aytib, katta g'alabalarga vada berdi. Bugun bir narsa malum bo'ldi. Xalq ham sizlar bilan faxrlanadi...

Hali hammasi oldinda. Bu hikoyaning davomi, albatta, bo'ladi. Hozircha Kapadze va uning shogirdlariga rahmat aytish bilan cheklanamiz...

muallifning telegramdagi kanaliga obuna bo'ling → "Futbol analizi"


Qopqoq: championat.asia

Izohlar

Komiljon0781
20 jun 2022
Олимпик тугри гоя Копадзе яхши кетяпди Иккини олгани яхши булди А.Максудалиев Т.Хакимов Ш.Каримов Эсларингда булса керак Бизда Осиё чемпионлиги бор Бизга Олимпиада керак.Агар чемпион булганимизда кечаги номларнинг купи йуколиб кетарди.Яхшиси "оч" булиб тургани яхши. Иккинчи томондан УФА хамма мехнатни кутига урди.Чипта уйини.Ха ула.Шунча еганинг етмагандай бунча типир типир киласан.Эрматов унча Ахмедов бунча.Балки бухтондир.Лекин уз узидан миш миш чикмайди.Бу иккаласини хозирдан йукотиш керак.Иккаласи хам каламуш булибди. УФА мухлислар ёкимтойларини креслога олиб келиб билганини киляпди.Даврон Файзиев хам бошлаяпди.
Xscreen
20 jun 2022
"5 минут кам" чала журналист! Маколанг хам "копейка"
Мирхамид
20 jun 2022
Боллага катта рахмат ажойиб иштрок этишди,энди камчиликлар устида ишлаб бу жамоага янада сайкал бериш лозим .Жисмонан жамоа ёмон холатда эмас рухий тарафдан хаммаси жойда. Омад тилаб коламиз Олимпиадага йулланма олиб бундан кейин ажойиб галабалар билан хурсанд килиб юришсин.
samarqand samarkand
20 jun 2022
Raxmat yegitlar Turner davomida Eng yosh jamoa sifatida maydonga chiqib finalgacha yetib keldinglar bugungi Maglubyat Hech Narsani uzgartirmaydi faqat yaxshilikga deb ishonamz omad
Qunduz amaki 0717
20 jun 2022
Хамма боллага рахмат зўр ўйнадела шў фақат Абдувохид Неъматов термани ёмон ахволга солиб қўйдида бў бола ўзидан юлдузча ясавопти Кападзе бошқа дарвозабон топмаса бўмеди Назаров катта ўйинлага тайёрмас экан, белитни чайқовчиларга чқарворган инсон ким бўлсахам топган пулинг ёмон кунинга кетсин, олдин Асқар Толибжонов дер эдик янгиси ким бўлса, Равшан Эрматов сиз хафа бўлмангу ҳуштак билан Ўзбекистонни дунёга танитган эдингиз лавозим билан ерга тиқворвос сиз лавозимни эпломаскансиз тинчгана ҳуштак чалиб юрганиз ўзбек футболига фойда экан. Халиям кечмас футболимизни жарни ёқасига олиб келдиз тушиб кетмасидан ҳақиқий эгасига беринг мансабни.