Bu yil qaysi klublar kuchli uchlikda bo'ladi?

Sherzod Nurmatov
9 may 2025
"90minutuz" podkastining navbatdagi mehmoni "Nasaf" va "Paxtakor" sobiq futbolchisi Sherzod A'zamov Superliga jadvalidagi yakuniy holat qanday bo'lishini taxmin qildi.

"Menimcha, o'yin jihatidan OKMK, "Nasaf" va "Dinamo" top-3 likka loyiq. Yakunda nima bo'lishini aytish qiyin. Taxminimcha, OKMK va "Nasaf" aniq kuchli uchlikda bo'ladi. "Paxtakor"ni bilmadim, lekin "Neftchi" natija uchun astoydil harakat qilsa, uchtalikka kiradi. Imkoniyat hammada bor. Lekin muxlislik jihatidan baribir "Paxtakor"ni ham qayd etib o'taman", – dedi A'zamov.


"90minutuz" podkasti to'liq holda:


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia