Bugun "Astana" va "Ordabasi" Qozog'iston Superkubogi uchun bahs yuritadi

Sherzod Nurmatov
25 fev 2023
Bugun Qozog'iston Superkubogi uchun bahsda mamlakat poytaxtining "Astana" jamoasi Shimkentning "Ordabasi" klubi bilan to'qnash keladi.

Uchrashuv "Astana Arena"da Toshkent vaqti bilan 14:00 da start oladi.

"Astana" o'tgan mavsum oltin medal egasiga aylangan bo'lsa, "Ordabasi" Qozog'iston Kubogida g'oliblikka erishgan.

Ma'lumot o'rnida, "Ordabasi" safida ikki nafar hamyurtimiz – Bobir Abdixoliqov hamda Shahboz Umarov to'p tepadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia