Bugun Eronda Jeparov - Ibragimov to'qnashuvi bo'lishi mumkin

Narzulla Saydullayev
9 fev 2017
Bugun Eron pro ligasida 21-tur doirasida Isfaxonning "Sepaxon" klubi o'z maydonida Tabrizning "Mashinasozi" klubini qabul qiladi.

Mezbonlar safida o'zbekistonlik Server Jeparov faoliyat olib borayotgan bo'lsa, mehmonlar tarkibida o'zbekistonlik Aziz Ibragimov o'ynamoqda.

Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 17:30da boshlanadi. "Sepaxon" 20ta o'yindan 28 ochko to'plab musobaqa jadvalining 6-pog'onasida bormoqda. "Mashinasozi" esa 10 ochko bilan 16 jamoa orasida oxirgi o'rindan joy olgan.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia