Bugun katta futbol! "Lokomotiv" "Al Nasr" bilan o'ynaydi

Aziz Tukhtamuradov
4 may 2016
Bugun "Lokomotiv" Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichi doirasida 6-tur uchrashuvini o'tkazadi.

"Temiryo'lchilar" Toshkentda BAAning "Al Nasr" klubiga qarshi kurash olib borishadi.

"Bunyodkor" stadionida bo'lib o'tadigan bahs soat 20:00da start oladi. Kecha har ikkala jamoa o'yin bo'ladigan maydonda rasmiy mashg'ulot o'tkazdi. Mashg'ulot OCHL reglamentiga binoan bir soatdan davom etdi. Bugungi bahsni sariq kartochkalari soni ikkitaga etgani bois "Loko" himoyachisi Sergey Proxorov o'tkazib yuboradi. "Al Nasr" tarkibida esa bunday yo'qotish yo'q.


Endi esa bugungi o'yinga oid bazi malumotlarga to'xtalib o'tamiz.


- Bugungi bahs "Lokomotiv" va "Al Nasr" o'rtasidagi uchinchi to'qnashuv bo'ladi. Jamoalar ilk bor 2013 yil OCHL pley-off bosqichida o'zaro to'qnash kelishgan va bunda "Al Nasr" 3:2 hisobi bilan g'alaba qozongan. Ikkinchi o'yin esa shu yilning 20 aprel kuni o'tkazildi va bunda 1:1 hisobi qayd etildi.

- "Lokomotiv" OCHL guruh bosqichida ikkinchi bor, "Al Nasr" esa uchinchi marta ishtirok etyapti.

- Bugungi o'yindagi g'alaba yoki durang natija ham "Lokomotiv"ning guruhda birinchi o'rinni olishini taminlaydi. "Loko" o'tgan yil OCHLda oltita o'yin o'tkazib, shundan to'rttasida mag'lub bo'lgandi. Bu yil esa jamoaning ko'rsatkichlari ancha yaxshi. Shu paytgacha o'tkazilgan beshta uchrashuvdan birortasida jamoa mag'lub bo'lmadi.

- Hujumchi Temurxo'ja Abduxoliqov uchta gol bilan "Loko"ning OCHLdagi eng yaxshi to'purari bo'lib turibdi. Aytib o'tganimizdek, bugungi bahsni Sergey Proxorov o'tkazib yuboradi. Kaxi Maxaradze diskvalifikaciya sabab o'tgan o'yinda maydonga tusha olmagandi, u bugungi bahsda ishtirok etishi mumkin.

- Bu "Al Nasr"ning Toshkentga ilk tashrifi. Jamoa bungacha OCHLda sakkiz marta safar uchrashuvlarida to'p tepgan va shundan ettitasida mag'lub bo'lgan. Birgina g'alaba shu yil "Al Ittihod" maydonida qayd etilgan. "Al Nasr" braziliyalik hujumchi Nilmarning ikkita goli evaziga Saudiya Arabistonidan 2:1 hisobidagi g'alaba bilan qaytgan.


Aziz TukhtamuradovMaqola muallifi
Muqova: lokomotiv.uz

Izohlar

MUXAMMADLAZIZ
4 may 2016
Lokomotiv yoradi xorlidi
Тошкент_сити
4 may 2016
Bugun Lokomotiv Al Nasrni yutadi ..
Ahrorboyuz
4 may 2016
Bugun katta futbol. Bugun nafaqat qit'aning, balki, jahonning eng kuchli klublari maydonda saf tortadi. Bugun jahonning eng kuchli futbolchilari maydonda spektakl ko'rsatishadi. Shedevr to'qnashuv, superbahs. O'tkazib yubormang! Lokomotiv - Al Nasr. (Agar mayda-chuyda narsalarga vaqtingiz bo'lsa, Real - City ga ham ko'z tashlab qo'yarsiz)
ILHOMJON78
4 may 2016
Фақат шу Локоматив ишончни оқлаб турибди хайрият агар бугун қовунни каттасини туширишмаса бўлди хаволаниб
Тохир Хазратқулов
4 may 2016
Катта футбол деганга яраша одам кирсайкан стадионга. Бунақа сарлавха ярашмабди лекин
Nasaf vs Real M
4 may 2016
Админлар Ал Наср кандай таркиб билан келган
MEKSIKA-2011
4 may 2016
Стадионга қанча одам киради?? Қанча билет сотилди шу ҳақдаям маълумот берийлар!!
Sardor1991
4 may 2016
Bunyodkorda bolarkanda
♧★☆/-\$T@R★☆♣
4 may 2016
So'ngi umid... hich bo'masa bugun hursan bo'sin shu muxlisla
BluWolf
4 may 2016
Nima endi, Paxta, Bunik, Nasafning o'yinlari - bu kichik yoki o'rtamiyona futbol mi? Sababi ularning chiqish imkoniyatlari past bulganida mi? Har bir yangilikdan soxta sensatsiya yasamanglar, tahririyat.
Ko'proq ko'rsatish