Bugun legionerlarimizga atalgan kun

Narzulla Saydullayev
14 apr 2019
Dam olish kunlari milliy chempionatlarda navbatdagi tur o'yinlari bo'lib o'tadi.

Yaponiya J ligasida Fozil Musaev to'p tepayotgan "Jubilo Ivata" klubi o'z maydonida "Shmicu"ni qabul qiladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 11:00da boshlanadi.



11:00da Janubiy Koreya K2 ligasida o'zbekistonliklar to'qnashuvi bo'lishi kutilmoqda. Rustam Ashurmatov faoliyat olib borayotgan "Gvangju" klubi o'z maydonida Sanjar Tursunov va Shohruh Gadoev o'ynayotgan "Tedjon Sitizen"ni qabul qiladi.



Janubiy Koreya K ligasida Ikrom Aliboev faoliyat olib borayotgan "Seul" jamoasi esa safarda "Gangvon" mehmoni bo'ladi. Ushbu bahs 12:00da start oladi.



Soat 12:00da Yaponiya J2 ligasida Dostonbek Tursunov o'ynayotgan "Renofa Yamaguchi" klubi o'z maydonida "Kagoshima Yunayted"ni qabul qiladi.



Ushbu ligada Zabihillo O'rinboev to'p tepayotgan "Tokushima Vortis" klubi o'z uyida "Exime"ni qabul qiladi. Bu bahs 12:00da start oladi.



Xitoy Superligasida Odil Ahmedov o'ynayotgan "Shanxay SIPG" o'z muxlislari qarshisida "Xubey Orient"ni mehmon qiladi. Bu o'yin soat 16:35ga belgilangan.



Soat 21:00da Rossiya premer-ligasi doirasidagi "Rostov" - "Spartak" uchrashuvi boshlanadi. Maydon egalari safida hamyurtimiz Eldor Shomurodov o'ynamoqda.



Sardor Rashidov faoliyat olib borayotgan Portugaliyaning "Nasonal" klubi safarda "Boavishta"ga qarshi maydonga tushadi. Bu o'yin Toshkent vaqti bilan soat 21:30da boshlanadi.




Narzulla SaydullayevMaqola muallifi
Muqova: championat.asia

Izohlar

BEXRUZ BARCA BUXORO
14 apr 2019
Shomurodov, Sanjar Tursunovlarga gap yo'q. Shomurodov hujumni yaxshi ko'radigan o'yinchi. Agar imkon berilsa o'zini juda ham yaxshi ko'rsata oladi. Agar Shomurodov Italiya Yoki Fransiya chempionatlarining o'rta meyona jamoalariga o'tsa shubhasiz o'sha klubda yetakchilardan biriga aylanadi. Sanjar Tursunov ham juda zo'r o'yinchi. Avvallari termada juda ham zo'r o'ynardi. Balkim endi yoshi salgina o'tib borayotgandir.
BEXRUZ BARCA BUXORO
14 apr 2019
Shomurodov, Sanjar Tursunovlarga gap yo'q. Shomurodov hujumni yaxshi ko'radigan o'yinchi. Agar imkon berilsa o'zini juda ham yaxshi ko'rsata oladi. Agar Shomurodov Italiya Yoki Fransiya chempionatlarining o'rta meyona jamoalariga o'tsa shubhasiz o'sha klubda yetakchilardan biriga aylanadi. Sanjar Tursunov ham juda zo'r o'yinchi. Avvallari termada juda ham zo'r o'ynardi. Balkim endi yoshi salgina o'tib borayotgandir.
Like
14 apr 2019
Har bir yurtdoshimizdan gol va jamosini g'alabasini kutamiz!
Serdar_7777777
14 apr 2019
Hammasiga omad. Hujumchilarimizdan gollar kutib qolamiz
BEXRUZ BARCA BUXORO
14 apr 2019
Rashidov futbolni yig'ishtirib o'ziga boshqa ish topsa yaxshi bo'lardi. Avvallari yaxshi o'ynagan bo'lishi mumkin lekin hozir umuman o'ynay olmaydi. Termada ham klubda ham. Rashidov arablarga borib pulni yig'ib o'z ustida ishlamagan. Aniq esimda qaysidir matbuot anjumanida jurnalistlar rashidovga ilgari yaxshi o'ynardiz arablarga borib kelganizdan so'ng o'yiniz yaxshi ochilmayapti yoki O'zbga kelgan boshqa Rashidovmi deyishganda. Ha nima edi Avvalgi rashidov Emiratda qolib ketdi deb dag' dag'a qilib gapirgandi. Undan ko'ra Nasafning yosh futbolchilari yoki Sidiqov yaxshi