Bugun Olimpiya terma jamoamiz Xitoyga qarshi bahs olib boradi

Khoja
18 noya 2025
O'zbekiston U-23 terma jamoasi FIFA kunlarida Xitoyda bo'lib o'tayotgan musobaqada ishtirok etmoqda.

Ravshan Haydarov shogirdlari bugun musobaqaning uchinchi turida Xitoy Olimpiya termasiga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv bizning vaqt bilan soat 16:30 da start oladi.

Bunga qadar U-23 terma jamoamiz Janubiy Koreya va Vetnam Olimpiya termalariga qarshi bahs olib borgandi.


KhojaMuallif
Manba: championat.asia