Bugun O'zbekiston ayollar terma jamoasi Turkiyada Ekvator Gvineyasi bilan o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
17 feb 2021
O'zbekiston ayollar milliy terma jamoasi kecha kunning ikkinchi yarmida o'yin oldi rasmiy mashg'ulotini o'tkazdi.

Bugun Bahrom Norsafarov shogirdlari “Festival Women’s Trophy 2021” xalqaro turniridagi o'z ishtirokini boshlaydi.

Dastlabki turda vakillarimiz Afrika qitasining ikki karra chempioni hisoblangan Ekvator Gvineyasiga qarshi bahs olib boradi. Mazkur uchrashuvda jamoamiz azolari ko'k rangli libosda harakat qiladigan bo'ldi.

O'yinni Melis O'zchigdem boshchiligidagi turkiyalik FIFA hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Yon qanotlarda Go'k Deybet va Aktan Sedef ishlaydi. To'rtinchi hakam Durmush Gamze.

Uchrashuv O'zbekiston vaqti bilan soat 21:00 da Antalya shahridagi “Emir Hotels” sport majmuasida start oladi.


Narzulla SaydullayevMaqola muallifi
Muqova: ufa.uz

Izohlar

~MUN~
17 feb 2021
Савод гуллагански: Экваториал Гвинея. Бошқа бир сайтда Ўзан (ёки Озан) Кабакни Ўзон Қобоқ (Қовоқмас) деб ёзишганди.