Bugun O'zbekiston milliy terma jamoasi yig'inni boshlaydi

Narzulla Saydullayev
2 noya 2019
JCH-2022 saralash bahslari doirasida Saudiya Arabistoni va Falastinga qarshi o'yinlar arafasida O'zbekiston milliy terma jamoasi bugun, 2 noyabr kuni yig'inga kirishadi.

Bosh murabbiy Vadim Abramov va uning shtabi ushbu yig'inga jalb qilingan futbolchilardan iborat kengaytirilgan tarkibni e'lon qilgan. Unda 32 futbolchi nomi qayd etilgan bo'lib, yig'in davomida va Qirg'izistonga qarshi o'yindan so'ng Saudiya Arabistoni terma jamoasi bilan uchrashuvda ishtirok etadigan 23 futbolchi saralab olinadi.


Darvozabonlar: Sanjar Quvvatov (“Paxtakor”), Eldorbek Suyunov (“Paxtakor”), Abdumavlon Abdujalilov (“Bunyodkor”).

Himoyachilar: Egor Krimec (“Paxtakor”), Rustam Ashurmatov (“Gvangju”, Janubiy Koreya), Islom To'xtaxo'jaev (“Lokomotiv”), Oleg Zoteev (“Lokomotiv”), Farrux Sayfiev (“Paxtakor”), Xojiakbar Alijonov (“Paxtakor”), Sanjar Qodirqulov ("Bunyodkor"), Akbar Ismatullaev ("Metallurg"), Murod Xolmuhammedov ("Qo'qon-1912").

Yarim himoyachilar: Odil Ahmedov (“Shanxay SIPG”, Xitoy), Otabek Shukurov (“Sharja”, BAA), Ikrom Aliboev (“Seul FK”, Janubiy Koreya), Sanjar Shoahmedov (“Terengganu”, Malayziya), Aziz G'aniev (“Nasaf”), Odiljon Hamrobekov (“Paxtakor”), Jaloliddin Masharipov (“Paxtakor”), Lutfulla To'raev ("Bunyodkor"), Doston Hamdamov (“Paxtakor”), Abror Ismoilov ("Surxon"), Xurshid G'iyosov ("Bunyodkor"), Jamshid Iskanderov ("Lokomotiv"), Muzaffar Muzaffarov ("Metallurg"), Sardor Sobirxo'jaev ("Paxtakor"), Aziz Turg'unboev ("Navbahor").

Hujumchilar: Eldor Shomurodov (“Rostov”, Rossiya), Igor Sergeev (“Paxtakor”), Temurxo'ja Abduxoliqov (“Xorfakkan”, BAA), Humoyun Murtozaev ("Nasaf").



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia