Bugun O'zbekiston MTJ Boliviyaga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazadi

Aziz Tukhtamuradov
24 mar 2023
Srechko Katanets boshchiligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi bugun Boliviya terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik o'yinida maydonga tushadi.

Uchrashuv Saudiya Arabistonidagi "King Abdullah Sport City" stadionida o'tkaziladi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 23:00da boshlanadi. 

O'yin tafsilotlari, translyatsiyaga bog'liq ma'lumotlar kun davomida saytimiz orqali havola qilinadi. 

Terma jamoamiz Saudiyadagi yig'in doirasida ikkinchi o'rtoqlik o'yinini 28 mart kuni Venesuelaga qarshi o'tkazadi. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia