Bundesliga taqvimi elon qilindi. Musobaqa qachon start oladi?

Germaniya Bundesligasining 2020/21 yilgi mavsum taqvimi elon qilindi.

Birinchi tur 18 sentyabrda start oladi. Chempionatning dastlabki bahsida "Bavariya" "Shalke"ni sinovdan o'tkazadi.

"Borussiya D" va "Bavariya" o'rtasidagi Germaniya superkubogi 30 sentyabrga belgilangan.

Bundesliga

1-tur (18-21 sentyabr)

Bavariya – Shalke

Borussiya Dortmund – Borussiya Menxyongladbax

RB Leypcig – Maync

Volfsburg – Bayer

Ayntraxt – Arminiya

Union – Augsburg

Keln – Xoffenxaym

Verder – Gerta

Shtutgart – Frayburg

Turnirning to'liq taqvimi bilan ushbu havola orqali tanishing. 


Muqova: media.dfl.de

Izohlar

FARRUXBEK.FC.BAYERN
21 aug 2020
tezroq boshlan bundesliga seni sogindik
Po'lat_BM
21 aug 2020
Бундеслига кайтарканде ))