"Bunyodkor" Abu-Dabidagi yig'in doirasida to'rtta nazorat uchrashuvi o'tkazadi

Оқил Абдубарноев
11 yanv 2023
Toshkentning "Bunyodkor" klubi Abu-Dabidagi qishki yig'in doirasida bir qator o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushadi.

Jumladan, "qaldirg'ochlar" 15 yanvar kuni mahalliy "Al Vahda" klubi bilan, so'ngra Rossiyaning uch jamoasi - "Lokomotiv" (18 yanvar), "Rostov" (21 yanvar) hamda "Krasnodar" (24 yanvar) bilan bellashadi.

Eslatib o'tamiz, avvalroq poytaxt klubi Toshkentdagi yig'in doirasida "Buxoro"ga qarshi (0:0) maydonga tushgandi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: "Бунёдкор" ФК матбуот хизмати