“Bunyodkor” futbol klubi prezidenti Mehriddin Abdullaev jamoa azolari bilan uchrashdi

Iskandarov Abdulaziz
28 jul 2022
Xabaringiz bor, yozgi o'quv-yig'in mashg'ulotlarini Belarus poytaxti Minsk shahrida o'tkazgan “Bunyodkor” bugun kecha tongda yurtimizga qaytib keldi.

Etiborlisi, “O'zbekneftgaz” akciyadorlik jamiyati Boshqaruv raisi, “Bunyodkor” futbol klubi prezidenti Mehriddin Abdullaev shu bugunning o'zidayoq “Bunyodkor” stadioniga tashrif buyurib, jamoa azolari bilan uchrashdi. Tanqidiy ruhda o'tgan yig'ilishda Minsk yig'ini va jamoaning Superligani birinchi davrasidagi ishtiroki chuqur tahlil qilindi.


“Bunyodkor”ning Superligani birinchi davrasidagi ishtiroki meni umuman qoniqtirmadi. Vaholanki, jamoaga barcha sharoitlar yaratib berildi. Yoki kamchiliklar bormi? “Bunyodkor” yozgi yig'inni xorijda o'tkazgan O'zbekistonning yagona jamoasi bo'ldi. Shunday ekan, ikkinchi davrada natijalar yaxshi tomonga o'zgarishi shart! “Bunyodkor” O'zbekiston chempionatida yuqori o'rinlarda yurishga loyiq. O'zbekiston Kubogini qo'lga kiritish vaqti keldi. Yodda tutinglar, Osiyo chempionlar ligasiga yo'llanma beradigan o'rinlarning birini egallash bu yilgi asosiy vazifalaring. Vazifa bajarilsa biz tarafdan rag'bat shunga mos bo'ladi. “Bunyodkor” yurtimizdagi o'z akademiyasiga ega kam sonli jamoalardan biri hisoblanadi. Demak, tarkibni shakllantirishda eng avvalo tarbiyalanuvchilarimizga etibor qaratish lozim. Chetdan futbolchi taklif qilinishida tanish-bilishchilikka yo'l qo'yilmasligi kerak”, - dedi Mehriddin Abdullaev.


Shundan so'ng bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi Viktor Karpenko so'zga chiqib, avvalo, klub prezidentiga yaratilgan sharoitlar uchun minnatdorchilik bildirdi. Viktor Aleksandrovich jamoada mehnat qilayotgan hamma insonlar etibor va masuliyatni his qilayotganini takidlar ekan, mavsumning ikkinchi qismidagi barcha uchrashuvlarda g'alaba uchun maydonga tushib, qo'yilgan vazifani bajarish yo'lida qattiq mehnat qilishlarini aytib o'tdi. 

Jamoa sardori Davronjon Ergashev ham so'z olib, Minsk yig'ini va etibor uchun Mehriddin Razzoqovichga minnatdorchilik bildirdi. Futbolchilar albatta ishonchni oqlashlari va faqat g'alaba uchun maydonga tushishlarini takidlab, sardor sifatida jamoadoshlariga bosh bo'lishini malum qildi.


Iskandarov AbdulazizMaqola muallifi
Muqova: "Бунёдкор" матбуот хизмати

Izohlar

Футбол Экспресс
28 jul 2022
Бунёдкорга омад ёр бўлсин.
Davronbek Beshariq
28 jul 2022
Бу мавсумда бу таркиб билан иккинчи даврада, айтилган режаларни амалга ошириш кийинга ухшайди. Майли, Омадини берсин...
Davronbek Beshariq
28 jul 2022
Бу мавсумда бу таркиб билан иккинчи даврада, айтилган режаларни амалга ошириш кийинга ухшайди. Майли, Омадини берсин...
Davronbek Beshariq
28 jul 2022
Бу мавсумда бу таркиб билан иккинчи даврада, айтилган режаларни амалга ошириш кийинга ухшайди. Майли, Омадини берсин...
Davronbek Beshariq
28 jul 2022
Бу мавсумда бу таркиб билан иккинчи даврада, айтилган режаларни амалга ошириш кийинга ухшайди. Майли, Омадини берсин...
Farxod Farxod
28 jul 2022
Buxoro Pfkni prezidenti qilisjlh kk bu odamni
Soccerland777
28 jul 2022
Шахсий фикрим на мураббий ва на таркиб кубокни олишга лойиқ. Бу йил олтиталикка кирсаям катта гап.
Vista 1981
28 jul 2022
Bunyodkorga omad, faqat chempion bòlib yurish yarashadi.
Ximmatilla
28 jul 2022
Бу таркиб билан 10 талика кириши бир муомо хозир чемпионат клублари савияси ошган
Ximmatilla
28 jul 2022
Бу таркиб билан 10 талика кириши бир муомо хозир чемпионат клублари савияси ошган
Ko'proq ko'rsatish