Odatiy bo'lmagan tartib va qoidalar, ijtimoy masofa va bo'sh tribunalar. "Bunyodkor" - "Qo'qon-1912" uchrashuvidan GALEREYA

Tolibjon Qosimov
14 jun 2020
Kecha Superliga 4-tur bellashuvlariga start berildi.

Toshkentda "Bunyodkor" jamoasi "Qo'qon-1912"ni qabul qildi. Bahs taqdirini 86-daqiqada qo'qonliklar himoyachisi Bobur Akbarovning o'z darvozasiga kiritib qo'ygan goli hal qildi. Shu tariqa, Vadim Abramov shogirdlari 4 o'yindan so'ng 9 ochko bilan turnir jadvalining uchinchi pog'onasiga ko'tarilib olishdi. Baxtiyor Ashurmatov boshchiligidagi qo'qonliklar hisobidagi ochkolar oltitaligicha qoldi va ular jadvalda beshinchi pog'onaga tushishdi.

Karantindan keyingi dastlabki uchrashuvdan ko'plab ajoyib kadrlarni saytimizning maxsus bo'limi orqali tomosha qilishingiz mumkin. >>>>> FOTOGALEREYA

Video "Tezkor studiya": "Bunyodkor" va AGMK g'alabaga munosibmidi? Abramov jamoasining muammosi nimada?

Suratlar muallifi: Jahongir Fayzullaev

Maydonga tupurish yoki og'izni chaygandan keyin suvni maysaga to'kish mumkin bo'lmagani uchun butun stadion bo'ylab mana shunday maxsus idishlar qo'yib chiqildi.


Abramov va Ashurmatov karantin qoidalariga amal qilishmoqda.


Sardorlar va hakamlar ijtimoiy masofa saqlashmoqda.


Jamoaviy rasmga tushishda ham oraliq masofa saqlandi.


Mezbonlarning turkmanistonlik legioneri Selim Nurmuradov 1-bo'limda ancha faol bo'ldi, ikkinchi 45 daqiqalikda esa passivlashdi.


Humoyun Murtazoev 4-daqiqada 11 metrlik nuqta yonidan hech kim halal bermayotgan holatda birga-bir vaziyatdan foydala olmadi. Qo'qonliklar kiperi Muzaffar Abdullaev to'pni oyoqlari bilan qaytarib qoldi.


"Bunyodkor"ning yosh yarim himoyachisi Rasul Yo'ldoshev juda yaxshi taassurot qoldirdi. "Championat.asia" ekspertlari ham aynan Rasulni kechagi bellashuvning eng yaxshi o'yinchisi deb topishdi.

"Championat.asia" ekspertlari Superliganing bugungi 2 o'yinida eng yaxshilarni aniqlashdi


Zaxiradagi o'yinchilar tribunada va ijtimoiy masofa saqlagan holda o'tirishdi.


Uchrashuv antiqahramoni Bobur Akbarov. Umuman olganda esa bunday holatda har qanday futbolchi bilan uchrashi mumkin va bunda o'yinchini ayblash to'g'ri emas.


Baxtiyor Ashurmatov durangni ushlab qolish uchun o'yin davomida bir necha bor taktikani o'zgartirdi.


Vadim Abramov jamoasi raqibdan ko'ra yaxshiroq holatdaligi ko'rindi, lekin hujumlarga so'nggi nuqtani qo'yishda muammolar ko'p hali.


To'p uchun kurash.




Karantindan keyingi dastlabki uchrashuvdan ko'plab ajoyib kadrlarni saytimizning maxsus bo'limi orqali tomosha qilishingiz mumkin. >>>>> FOTOGALEREYA


Tolibjon QosimovMaqola muallifi
Muqova: championat.asia

Izohlar

Тудалик
14 jun 2020
Уйиндан олдин расмга тушганда,захирада утирганда,хакам ва сардорлар уйин бошланишидаги кичик куръа ташлаш пайтида ижьимоий масофа сакланади.уйин пайтида нима булади,уйинда хам ижтимоий масофа саклайдими.Жуда кизик ва тушунарсиз холст.Уйин пайтида контакт буладику албатта.Шундай экан,захирада,расмга тушишда,куръада масофа саклаш шарт эмас менимча
Davronbek Beshariq
14 jun 2020
Кеча кизикарли уйин гувохи булдик. Менимча телевизар еаршисида утирган футбол мухлисларига уйин манзур булди.Куконга кейинги турларда омад..
Otabek1515
14 jun 2020
Oldinam bosh tribuna edi hozir ham bosh umuman ozgarmagan O'zbekiston chempionati