"Bunyodkor" mashg'ulotlarni davom ettirmoqda. Tarkibga "Oq-tepa" darvozaboni qo'shildi

Aslanov Jasurbek
6 jan 2021
"Bunyodkor" jamoasi o'z qarorgohida ikkinchi kunga mashg'ulotlarni o'tkazdi.

Klub akademiyasining yopiq zalida o'tkazilayotgan mashg'ulotlarning ikkinchi kunida jamoa azolari jismoniy tayyorgarlikka urg'u berishdi. Bugungi mashg'ulotlarda 30 nafarga yaqin o'yinchi ishtirok etdi. O'rinbosarlar tarkibidan tashqari, bir nechta yosh futbolchilar ham ko'rikka jalb etilgan. Futbolchilar bugun jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy Irina Dergach qo'l ostida shug'ullanishdi. Umumiy jismoniy tayyorgarlik mashqlaridan so'ng o'yinchilar ikki tarkibga ajratildi. Birinchi tarkib trenajyor zali da shug'ullangan vaqtda ikkinchi tarkib ikkiga bo'lingan holda mini-futbol o'ynadi. Trenajyor zaldagi mashg'ulotlar yakunlangach tarkiblar o'zaro joy almashishdi. Shu tariqa quvnoq kayfiyatda o'tgan ikkinchi kun mashg'ulotlari yakunlandi.

Mashg'ulotlarda qatnashgan futbolchilar - Sarvar Karimov, Ravshan Yagudin, Akobir Qayumov, Lutfulla To'raev, Shahboz Erkinov, Xurshid G'iyosov, Nurillo To'xtasinov, Abdulla Abdullaev, Mirjahon Mirahmadov, Farrux Ikromov, Rasul Yo'ldoshev, Ibrohim Ibragimov, Suhrob Izzatov, Sunnatilla Abdullajonov, Abdulaziz Abdusalomov, Valeriy Akopov, Muhammadodil Qahramonov, Boburbek Farhodov, Xurshid Ubaydullaev, Muzaffar Olimjonov, Sanjar Qodirqulov, Javohir Omonov, Saidmahmudxon G'ulomov.


Aslanov JasurbekMaqola muallifi
Muqova: "Бунёдкор" матбуот хизмати.

Izohlar

Yunusov Azizbek
6 jan 2021
Bula qatta mashg'ulot qivotti maktab zalidami
Yunusov Azizbek
6 jan 2021
Essiz Bunyodkor qanaqa jamoa edi
Vista 1981
6 jan 2021
Bu yil Hudo hohlasa Bunyodkor uchun burulish nuqtasi böladi va Bunyodkorni oldingidan xam kuchli bölib qaytadi
Ali Vali
6 jan 2021
Bunyodkorim mening seni o‘yinlarini sog‘indim osiyoni titratib vorgan o‘yinlarini
tolibjon
7 jan 2021
Бош мураббий ким