

Buni futbolchining agenti ham tasdiqladi. Universal futbolchining Olmaliq klubi bilan 2026 yil oxirigacha shartnomasi bor.
Futbolchining OKMK bilan tuzgan shartnomasida tovon puli ko'rsatilgan. Bunyodkor o'sha tovon pulini to'lab, futbolchining roziligini olib, transferni amalga oshirishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, himoyachi o'tgan mavsumni ilk davrasida Olimpikda o'tkazdi. Ikkinchi davrani esa Qaldirg'ochlar safida o'tkazgan.
Futbolchi o'tgan mavsumning ikkinchi qismida Bunyodkor safida 12 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Transfermarket futbolchini 400 ming evroga baholagan.




