“Bunyodkor” - “Qo'qon-1912” uchrashuvi TTYMI o'yingohida bo'lib o'tadi

Aslanov Jasurbek
9 may 2019
Bilasiz, joriy yildan e'tiboran Professional futbol ligasi klublar uy stadionlari maydoni yaxshi holatda bo'lishiga juda jiddiy e'tibor qatarmoqda.

Natijada mavsum boshidan buyon qator stadionlar maysasi yangilandi.

10-12 may kunlari Superliga jamoalari 8-tur doirasidagi uchrashuvlarni o'tkazishadi.

Tur doirasida “Bunyodkor” “Qo'qon-1912” bilan bahs olib boradi. Ayni paytda “Milliy” stadion maydoni holatini yaxshilash jarayoni bo'yicha so'ngi bosqichdagi ishlar amalga oshirilayotgani sabab “Bunyodkor” klubi “Qo'qon-1912” jamoasini TTYMI stadionida qabul qilish bo'yicha PFLga murojaat qildi. 

Shu tariqa “Bunyodkor” - “Qo'qon-1912” uchrashuvi 12 may, yakshanba kuni soat 17:15da TTYMI o'yingohida bo'lib o'tadi. 


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: pfl.uz