"Bu mening hayotim edi va u juda yaxshi yakunlandi. Men futbolda buncha narsa qo'lga kiritishimni kutmagandim", – dedi Skolari.
Eslatib o'tamiz, Skolari murabbiylik faoliyati davomida Portugaliya va Braziliya kabi terma jamoalarni boshqargan va braziliyaliklar bilan 2002 yilgi JCHda g'olib chiqqan. Klub darajasida 74 yoshli mutaxassis Londonning "Chelsi" jamoasidagi faoliyati bilan mashhur bo'lib, uni mavsum tugamasidanoq tark etgan.
Shuningdek, Skolari Braziliyaning bir qator klublaridan tashqari O'zbekistonning "Bunyodkor" va Xitoyning "Guanchjou Evergrand" klublarida faoliyat yuritgan.
Izohlar