"Bunyodkor"ga legionerlar oqimi davom etmoqda. Klub chernogoriyalik futbolchi bilan shartnoma imzoladi

Iskandarov Abdulaziz
11 jan 2025
"Bunyodkor" qishki transferlar oynasida tarkibiga yangi nomlarni jalb qilmoqda.

"Qaldirg'ochlar" safiga chernogoriyalik yarim himoyachi Marko Bugarin kelib qo'shildi. 1999 yilda tug'ilgan, 1,98 metr bo'yga ega futbolchi Chernogoriya Birinchi ligasi vakili "FK Otrant-Olimpik" jamoasidan jalb qilindi. Bugarin bundan tashqari "Mladost", "Spartak", "Edinstvo",  "Mornar Bar", "Bokel" jamoalarida to'p tepgan. 

Transfermarket portali uning narxini 125 ming evroga baholagan. Avvalroq "Bunyodkor" ikki nafar gruziyalik legionerlar bilan shartnoma imzolagan edi.


Iskandarov AbdulazizMaqola muallifi
Qopqoq: Championat.asia

Izohlar

A.S.А
12 jan
Ана холосс! биринчидан Бунедкор энг яхши академияга эга жамоа булса, иккинчидан, Машъал, Шуртан каби жамоаларнинг нонига шерик булиб, нефтгаз учун ортикча бокиманда булса, учинчидан, тайинли мухлиси булмаса. Кимга, нима учун керак экан бу трансферлар...???
Behzod Umedov
11 jan
Abduqodirdan kelgan pulni yuvmasa bumaydi endi bular doimgidek bir tiynga qimmat legionerlarni obkelib yarim mavsumda yo'qotadi axmoqlar
Hamit altintop
11 jan
Bunyodkor muxlislari xafa bomasin Xusanovni pulli atkat qilishvotti manimcha Rivaldoni pulini berib bolishdimi ?
mirabzal
11 jan
Бунёдкор нефчи навбахор насаф камандалари легонерлани курикдан утказмасдан олди кизикса булди эртаси куни расман булади
Hamit altintop
11 jan
O'ynagan jamoalari xavafkor jamoami ?