"Xorazm" - "Bunyodkor". Jamoalar 15 yillik tanaffusdan so'ng to'qnash kelmoqda

Iskandarov Abdulaziz
17 apr 2025
Superliganing 6-turi ertaga "Xorazm" - "Bunyodkor" uchrashuvi bilan start oladi.

Ushbu jamoalar elitada 15 yillik tanaffusdan so'ng uchrashishadi. Ikki klub shu paytgacha chempionat doirasida 4 bor kuch sinashishgan bo'lib, bu o'yinlarda to'liq ustunlik "Bunyodkor" tomonida 4 ta g'alaba. "Qaldirg'ochlar" raqib darvozasiga 12 ta gol urgan va 3 ta o'tkazgan. So'nggi o'yin 2010 yilning 1 avgust kuni bo'lib o'tgan, unda poytaxt klubi 4:1 hisobida g'alaba qozongan. 

Superliga-2010

01.08.2010. 14-tur. 

"Bunyodkor" - "Xorazm" 4:1

Gollar: Rivaldo 11, Stevica Ristich 21, 54, Sahob Jo'raev 89 - Zafar Polvonov 26

"Bunyodkor": Ignatiy Nesterov, Anzur Ismoilov, Anvar G'ofurov, Edson Ramos, Sahob Jo'raev, Rivaldo, Aziz Xaydarov, Timur Kapadze, Viktor Karpenko, Denilson, Stevica Ristich

"Xorazm": G'ayrat Hasanov, Baxtiyor Ashurmatov, Rustam Qurbonboev, Javodullo Ibrohimov, Azamat Isaev, Omon Abdug'aniev, Rustam Hakimov, Ibrohim Rahimov, Govanchmuhammad Ovekov, Zafar Polvonov, Anvar Abduqodirov

Uchrashuv ertaga soat 18:00da bo'lib o'tadi.


Iskandarov AbdulazizMaqola muallifi
Qopqoq: Championat.asia

Izohlar

Mamurjon Roziboyev
17 apr
Ertang o'yin Urganchda bolamakan Kim biladi
Ўзбек футболининг муҳлиси
17 apr
Ва шу ўйиндан кейин Бразилияликлар Бунёдкорни тарк этишганди
Jamshid
17 apr
Эсимда Бунёдкор чемпионатда гол ўтказмасдан қуруқ серия қилиб келаётганди. Хоразм битта гол урганини ўзи катта шов-шув бўган ўша пайт.
Xorazmshox 89
17 apr
Унда 4- ёки 5-тур эди, Хоразмда бўлган ўйинда Хоразм 1-0 га ютаётганди, Рўзимбой урган голни, лекин охири 1-2 га енгилгандик, анашу ўйин катта шов-шув бўлган.