"ChaCha Mustaqillik kubogi-2018". 2008lar 1-tur uchrashuvlarini o'tkazishdi

Narzulla Saydullayev
22 avg 2018
Bolalarga ajoyib zavq va shavq ulashgan "ChaCha Mustaqillik kubogi-2018" musobaqasi davom etmoqda.

Kecha 2008 yilda tug'ilgan futbolchilar ushbu musobaqada o'z ishtiroklarini boshlashdi. Xabaringiz bor, 2006 yilda tug'ilgan futbolchilar o'rtasidagi musobaqada "Paxtakor", 2007 yilda tug'ilgan futbolchilar o'rtasidagi bahslarda esa "Odil Junior" g'oliblikni qo'lga kiritdi.

Eslatib o'tamiz, "ChaCha Mustaqillik kubogi"-2018 musobaqasi O'FA, “Odil Junior“ bolalar futbol maktabi, TFA, “Shampionat.asia” sayti hamkorligida o'tkazilmoqda va musobaqaning bosh homiysi “ChaCha“ savdo belgisi hisoblanadi.


Quyida mazkur musobaqaning 2008 yillar uchun 1-tur natijalarini keltirib o'tamiz.

"A" guruhi: "Paxtakor", "Navbahor", "Sergeli", IBO'SM.
21 avgust. 1-tur
"Paxtakor" - "Sergeli" 6:0
Yashnobod - IBO'SM 8:1


"V" guruhi: "Lokomotiv", "Traktor", "Chig'atoy", "Qo'qon-1912"
21 avgust. 1-tur
"Lokomotiv" - "Qo'qon-1912" 2:2
"Chig'atoy" - "Traktor" 2:1


"S" guruhi: "Odil Junior"-1, "Toshloq", "Bunyodkor", "Mega Sport"
21 avgust. 1-tur.
"Odil Junior-1" - "Mega Sport" 9:0
"Bunyodkor" - "Paxtakor-2" 1:2


"D" guruhi: "Spartak", BO'SM-16, "Odil Junior"-2, "Start"
21 avgust. 1-tur
"Spartak" - BO'SM-16 3:5
"Start" - "Odil Junior-2" 1:4



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia