"Biz hammasini yutishga umid qilamiz. Shubhasiz, biz "Inter"ni eng yaxshi jihatdan ko'rsatishga harakat qilyapmiz, zimmamizda ulkan masuliyat bor. Italiyada men hamma narsani yutib bo'ldim. Maqsadim - Chempionlar Ligasida g'olib bo'lish. Ikki yil oldin finalda yutqazganimizni hisobga olsak, mening orzuim u erga qaytib, bosh sovrinni yutish, shuningdek, "Oltin to'p"ni qo'lga kiritishdir. Keyin esa yana skudettoni qo'lga kiritish - bu yana bir muhim maqsad," - dedi futbolchi.
31 yoshli turkiyalik joriy mavsum barcha musobaqalarda 32ta o'yin o'tkazib, 9ta gol urgan va 4ta golga hammualliflik qilgan.
"Inter" Chempionlar ligasi 1/4 finalida "Bavariya" bilan to'qnash keladi. Dastlabki o'yin 8 aprel kuni Myunxenda bo'lib o'tadi.
Izohlar