Championat.Asia va Transfermarkt Superliganing sentyabr-oktyabr oylaridagi eng yaxshi murabbiyi va futbolchisini aniqladi

Narzulla Saydullayev
2 nov 2023
Ikki sayt hamkorligida yana O'zbekiston chempionatida oy yakunlari sarhisob qilindi.

Bu safar ikki oy natijalariga ko'ra eng yaxshi murabbiy va o'yinchini aniqladik, sababi sentyabr oyida ikkita, oktyabrda esa uchta tur o'ynaldi.

Ovoz berishda Championat.Asia xodimlari va Transfermarkt'ning rus tilidagi tahririyati ishtirok etdi. Taklif etilgan ekspert esa O'zbekiston terma jamoasi, Rossiya va O'zbekistonning bir qator klublari sobiq o'yinchisi ("Paxtakor", "Bunyodkor", "Spartak-Alaniya", "Torpedo-Metallurg", "Krilya Sovetov") va faoliyatini yakunlaganidan so'ng o'z vatanida murabbiy sifatida ishlayotgan Baxtiyor Ashurmatov bo'ldi.

Ovoz berish yakunlariga ko'ra Superliganing sentyabr-oktyabr oylaridagi eng yaxshi murabbiyi deb Ro'ziqul Berdiev topildi. Jamoa uning qo'l ostida so'nggi beshta o'yinda to'rtta g'alabaga erishdi va shu orqali mavsum yakunlanishiga uch tur qolganda chempionlik poygasiga qaytdi.

Sentyabr-oktyabr oylarida O'zbekiston chempionatining eng yaxshi o'yinchisi "Qizilqum" vingeri Islom Kenjaboev bo'ldi. U beshta turda to'rtta gol urgan holda ligada jon saqlab qolish uchun kurashda jamoasiga muhim ochkolarni yig'ishga yordam berdi.




Narzulla SaydullayevMaqola muallifi
Muqova: championat.asia

Izohlar

Marko FC Qizilqum
2 nov 2023
Shu KENJABOYEVda bir nima borda superligadan kura chetga ketish kerk shunda ornini topadi
Jaja Juji
2 nov 2023
paxtakor Al hilolni ham yutadi agar var bn hakamni pfldan quyib berishsa
Аа Аа
2 nov 2023
Рузиқул кетармуш, Рузиқул бумайди! Мана Рузиқул! Битта махаллий мураббийни хам қилган иши шунча буларда! Нечта фронтда туриб курашаяпти? Оддий оиладан чиққан бола, оддий инсон! Яна нима қиберсин? Манга биронта вилоятни чекка бир туманидан, чекка қишлоғидан чиққан хақиқий узбек мураббийини курсатиб берингларчи, борми шунақа мураббий кубокга хам, чемпионликка хам, ОЧЛни гурух босқичидан чиқишга давогарлик қивотган биронта махаллий мураббийни курсатиб беринглар! Рузи ака, кубокни оласизми йуқми, чемпион буласми йуқми ака Сиз клубда етарли ишларни қилиб булдингиз! Клуб рахбари Сизни бир ой Англия, Испания ёки Германияга уқишга юборсин, ана ундан кейин ниманидир талаб қилсак булади! Рахмат Сизга!
Аа Аа
2 nov 2023
Қисқа қилиб айтганда умрини Насафга бағишлаган инсон! Рахмат ака!
Привет
2 nov 2023
Чемпионат якунига етиб бораётган бир пайтда устоз уз шогирди билан 2 ойнинг энг яхшилари сифатида эътироф этилибди мантикан жуда тугри !!!