"Chelsi" Fabregas o'rniga "Barselona" futbolchisini sotib olmoqchi

Aslanov Jasurbek
12 dek 2018
"Chelsi" skautlari shartnomasi joriy mavsum oxirida yakunlanadigan Sesk Fabregas o'rniga futbolchi izlashni boshlab yuborishdi.

O'yin amaliyoti yo'qligi tufayli ispaniyalik futbolchi jamoani qishda tark etishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Chelsi" Fabregas o'rniga "Barselona" yarim himoyachisi Denis Suaresni xarid qilmoqchi. Suares ham Sesk kabi o'yin amaliyotisiz qolib ketmoqda. Joriy mavsum u bir marta zaxiradan maydonga tushdi.

Suaresning o'zi yanvardagi transfer oynasida "Barselona"ni tark etmoqchi. Xavbek 16,6 mln. evroga baholanmoqda.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mirror