"Chelsi" himoyachisini qo'yib yuborishga tayyor

Sherzod Nurmatov
22 dek 2025
"Chelsi" himoyachisi Aksel Disasi qishki transfer oynasida Londonni tark etadi.

Fabricio Romano ma'lumotlariga ko'ra, fransiyalik markaziy himoyachining kyetishi deyarli hal etilgan masala bo'lib, bir necha klublar uni safiga qo'shib olish imkoniyatiga qiziqish bildirmoqda.

Disasining yaqin orada "Milan"ga o'tishi haqida mish-mishlar tarqalganiga qaramay, ayni paytda uning Italiyaga ko'chishi bo'yicha aniq muzokaralar olib borilmayapti.

Avvalroq 27 yoshli futbolchiga "Galatasaroy",  "Monako", "Bornmut", "Vest Xem", "Kristal Pelas", "Fiorentina", "Yuventus", "Borussiya" Dortmund va "Sevilya" qiziqish bildirgani xabar qilingandi.

Disasi "Chelsi"ga 2023 yilda o'tgan, ammo joriy mavsum u nafaqat asosiy tarkibdagi o'rnini yo'qotdi, balki umuman "ko'klar"ning o'yinlar uchun qaydnomaga ham kirmadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano