"Chelsi" ingliz forvardi uchun transfer poygasida etakchilik qilmoqda

Alisher Ostonov
17 apr 2025
"Chelsi" Liam Delap uchun kurashda peshqadamlik qilmoqda.

22 yoshli hujumchiga "Manchester Yunayted", "Everton" va "Vest Xem" klublari ham davogarlik qilmoqda.

Delap 21 yoshgacha bo'lgan Angliya terma jamoasida o'ynagan. Futbolchi bu mavsum "Ipsvich" safida 12 ta gol urdi.

Liamning tovon puli 30 million funt ekani aytilmoqda. O'tgan yozda "Ipsvich" Delapni 15 million funtga sotib olgandi.



Alisher OstonovMaqola muallifi
Qopqoq: mirror.co.uk

Izohlar

{ CHELSEA }
17 apr
Oldin tarkibni tozalab olaylik... Yangiliklar chiqib qolar... 17 ta fudbolchilarni 500 mln Evroga sotadi degan gaplar eshitdik...
Azamat Turgunov
17 apr
Robert Sanches, Slonina, Bettinelli - Chilvel, Veyga, Badiyashil- Dyusberi Holl, Chukvuameka, Ugocchukvu, Laviya, Sterling, Felixlani sotvorsek kamida keyin A.Santos bilan Petrovich qaytadi Strasburgdan, Delap Ipsvichdan, Sancho MYU dan, Gyokeresh Sporting, Xuysen Bornmutdan, Jesus Rodriges Betisdan ose yaxshi boʻp ketamiz